Kanadaning Alberta provinsiyasi, Lesbrij shahrida yashovchi Liza Seymur-Piters mamlakat bosh vaziri Jastin Tryudoning turmush o‘rtog‘i — Sofi Greguar Tryudoga nisbatan tahdid qilgani uchun qamoqqa olindi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Mamlakat politsiyasi 49 yoshli ayol Kanada hukumati rahbari rafiqasiga qay tarzda va qaysi internet-maydonda tahdid qilganiga aniqlik kiritmadi.
Liza Seymur-Pitersga ayblov e’lon qilishga ulgurildi. U Sofi Greguar va uning oilasiga 100 metrdan yaqinroq kelmaslik va siyosiy hamda boshqa yig‘ilishlarda ishtirok etmaslik sharti bilan sudga qadar qo‘yib yuborildi.
Seymur-Piters 12-may kuni, internetdagi chiqishining ertasiga hibsga olingani bildirilmoqda. Bu ish bo‘yicha birinchi muhokama 8-iyun kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Izoh (0)