Venesuelada namoyishchilar mamlakat sobiq prezidenti Ugo Chavesning Barinas shtati Sabaneta shahridagi uyini yoqib yubordi, deb yozadi El Nacional.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, uyga Barinasda milliy Bolivar gvardiyasi tomonidan norozilik namoyishlarida qatnashgan 19 yoshli yigitning o‘ldirilgani uchun qasos tariqasida o‘t qo‘yilgan. Boshqa ma’lumotlarga qaraganda, inshoot yoqib yuborilmagan, balki to‘liq talab ketilgan.
So‘nggi vaqtlarda Venesuelada siyosiy inqiroz keskinlashdi. Iqtisodiy vaziyatdan norozi aholi muddatidan oldingi saylovlar o‘tkazilishini talab qilib ko‘chalarga chiqmoqda.
Izoh (0)