22-may oqshomida Manchester shahrida Ariana Grandening Manchester Arena yopiq stadionida tashkil etilgan konserti vaqtida portlash yuz berdi. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa oqibatida kamida 19 kishi halok bo‘lgan, o‘nlab odamlar tan jarohati olgan. “TASS” chet ellik siyosatchilar voqeaga qanday munosabat bildirganini keltirib o‘tdi.
Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo stadiondagi portlashdan shok holatiga tushdi.
“Kanadaliklar Manchesterdagi dahshatli hujum haqidagi xabardan shokka tushdi. Iltimos, fojia qurbonlari va ularning oilalarini yodda tuting”, — deb yozdi u Twitter’ga.
Yaponiya hukumati Manchesterdagi terrorchilik harakatini keskin qoraladi.
“Bu qabih hujum, biz bunday harakatlarga toqat qilolmaymiz, — dedi vazirlar mahkamasi bosh kotibi Yosixide Suga. — Yaponiya hukumati ushbu teraktni keskin qoralaydi”.
Meksika prezidenti Enrike Penya Nyeto Buyuk Britaniya xalqiga hamdardlik bildirdi.
“Manchesterdagi fojiali voqealar yuzasidan ta’ziya bildiraman, — deb yozdi Penya Nyeto o‘z Twitter’ida. — Biz Birlashgan Qirollik jamoatchiligi va hukumati bilan birdammiz”.
Izoh (0)