Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey Manchesterdagi stadionda yuz bergan portlashda halok bo‘lganlarning oilalariga hamdardlik bildirdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Mey hodisa — “dahshatli terrorchilik harakati” ekanligini qo‘shib qo‘ydi.
U, shuningdek, politsiya hodisa yuz bergan vaziyatni tekshirayotganini ham aytdi.
Eslatib o‘tamiz, 22-may kuni kechqurun Manchesterda amerikalik qo‘shiqchi Ariana Grandening konserti bo‘lib o‘tayotgan stadionda portlash yuz berdi. Hodisa oqibaqtida kamida 19 kishi halok bo‘ldi, 50 dan ortiq kishi yaralandi.
Izoh (0)