Rossiya prezidenti Vladimir Putin aprel oyida yuz bergan terakt chog‘ida yo‘lovchilarni qutqarishda jonbozlik ko‘rsatgan Sankt-Peterburg metropoliteni xodimlarini davlat mukofotlari bilan taqdirlash haqidagi farmonni imzoladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Poyezd mashinisti Aleksandr Kaverin, nazorat xizmati inspektori Albert Sibirskix va bekat navbatchisi Nina Shmeleva “fuqarolik burchini bajarish kishilarni favqulodda vaziyatda qutqarish davomida namoyon etilgan jasorat va qat’iyat”ni inobatga olib, “Halok bo‘layotganlarni qutqarganlik uchun” medali bilan taqdirlandi.
Eslatib o‘tamiz, Sankt-Peterburg metrosidagi portlash oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi, 102 kishi jabrlandi. Mazkur ish yuzasidan hozirgacha 12 kishi hibsga olindi.
Izoh (0)