Riyod Sayf Suriya muxolifat va inqilobiy kuchlar milliy koalitsiyasining yangi raisi etib saylandi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Al Arabiya telekanaliga ko‘ra, xorijdagi yirik muxolifat guruhining Istanbuldagi ovoz berish natijalari shundan dalolat bermoqda.
70 yoshli Riyod Sayf koalitsiyaning hisob bo‘yicha oltinchi rahbari bo‘ldi va bu lavozimda Anas al-Abduni almashirdi. U 2012-yili, koalitsiya tuzilayotganda uning rais o‘rinbosari etib saylangandi.
Izoh (0)