Kuvaytda Disney’ning “Sohibjamol va maxluq” filmini prokatdan olib tashlandi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
Filmning Kuvaytdagi namoyishi 16-mart, payshanba kuni boshlangan edi. Axborot vazirligi qoshidagi senzura departamentining filmga nisbatan bildirgan xavotiri sabab, Milliy kinokompaniya dushanbadan boshlab namoyishni to‘xtatdi.
Dastlab kinokompaniya film ma’lum bir tahrirdan so‘ng yana prokatga qaytishini bildirgan edi, biroq endi “qadriyatlarga nomuvofiqlik va nisbatan yosh auditoriya oldidagi javobgarlik” sabab “Sohibjamol va maxluq” namoyish etilmasligi e’lon qilindi.
Kompaniya vaziyat yuzasidan bundan ortiq izoh berishni istamadi.
Avvalroq, Disney “Sohibjamol va maxluq”ni Malayziyada namoyish etish uchun uni tahrirlashdan bosh tortgani ma’lum bo‘lgan edi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)