Britaniyalik rejissor Vugar Efendi “Tarixni qayta yaratib” deb nomlangan roligida hujjatli xronika kadrlarini ularning badiiy filmlardagi tasviri bilan taqqosladi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
To‘plamga “Yovvoyi sharoitlarda”, “Yorqin ranglardagi hayot”, “Qo‘lingdan kelsa, tutib ol”, “Inson Oyda”, “La’natlangan ‘Yunayted’”, “Jeki”, “Selma”, “J.F.K: Dallasdagi o‘q uzishlar”, “Jangchi”, “Dorz”, “Stiven Xokingning koinoti” va “Laving” filmlaridagi kadrlar kirdi.
Rolikni ko‘rib, tomoshabin badiiy filmlarda hayotiylikka nechog‘li rioya etilganini haqida xulosa qilishi mumkin.
https://youtu.be/32bgZwqSigM
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)