Toshkentning Mirobod ko‘chasida buzilayotgan umumiy ovqatlanish va savdo shoxobchalari o‘rnida ko‘p qavatli uylar quriladi. Bu haqda, Toshkent shahar Arxitektura va qurilish boshqarmasiga asoslanib, UZ24 xabar bermoqda.
Boshqarma axborotiga ko‘ra, buzilgan binolar o‘rnida beshta ko‘p qavatli zamonaviy turar joy qurilishi rejalashtirilgan. Ularning loyihalari hozirda tasdiqlash bosqichida turibdi.Mirobod tumani hokimligidan UZ24’ga ma’lum qilishlaricha, Mirobod ko‘chasidagi buzish ishlari bir-ikki oy ichida to‘liq yakuniga yetkaziladi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)