Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi Hyperloop tonnelining sinov uchastkasida olingan panoramali videoni e’lon qildi. Meduza’ning yozishicha, bu videoyozuv yanvar oyi oxirida o‘tkazilgan va vakuumli poyezdlarning prototiplari qatnashgan Hyperloop Pod Competition tanlovi birinchi bosqichi vaqtida olingan.
Hyperloop’ning sinov tonneli ichidagi safarni suratga olgan kamera prototiplarni sinash uchun ishlatilgan maxsus aravachaga o‘rnatilgan edi. Shu sababli ham uning harakatlanish tezligi nisbatan past.
Ilon Mask Hyperloop loyihasini 2012-yilda e’lon qilgan edi. Loyihaga ko‘ra, Hyperloop tezyurar poyezdlari past bosimli maxsus quvurlarda soatiga 1200 kilometrni tashkil etuvchi tezlikda harakatlanadi.
Hyperloop uchun tonnellarni nafaqat yer ostidan o‘tkazish, balki yer ustida — maxsus estakadalarga o‘rnatish ham rejalashtirilgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)