Yevroittifoq mart oyida Rossiya va Ukrainaning 100 nafar fuqarolariga nisbatan sanksiyalarning amal qilish muddatini yana olti oyga uzaytirmoqchi. Bu haqda Bloomberg agentligi Bryusseldagi manbalariga tayanib xabar berdi, deb yozadi “RIA Novosti”.
“Yevroittifoqning to‘rt nafar amaldori ittifoqqa a’zo mamlakatlar mart o‘rtasida Ukraina va Rossiyaning 100 fuqarosiga nisbatan sanksiyalarni yana olti oyga uzaytirish niyatida ekanligini ma’lum qildi, ular orasida ‘SMP Bank’ va ‘InvestKapitalBank’ egadoshi Arkadiy Rotenberg va ‘Rossiya’ bankining eng yirik aksiyadori Yuriy Kovalchuk bor”, — deyiladi agentlik xabarida.
Yevroittifoq Rossiyaga qarshi sanksiyalarni 2014-yilda kiritgan edi. Bunday qarorga Ukrainadagi voqealar sababchi bo‘ldi. O‘shandan buyon cheklovlar bir necha marta uzaytirildi va kengaytirildi.
Izoh (0)