BMT Xavfsizlik kengashi Afg‘oniston islom partiyasi rahbari Gulbiddin Hikmatyorni IShID va “Al-Qoida” guruhlariga aloqador shaxslar ro‘yxatidan chiqarish haqida qaror qabul qildi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
Kengash tomonidan aniqlik kiritilishicha, sanksiyalar olib tashlanganidan so‘ng Hikmatyorga nisbatan qo‘llangan aktivlarni muzlatish, safarlarga qo‘yilgan taqiq va qurol yetkazib berishga embargo kabi cheklovlar bekor qilinadi.
Ma’lumot uchun, afg‘onistonlik pushtunlar yetakchisi bo‘lgan Gulbiddin Hikmatyor 2003-yilda AQSh tomonidan “qora ro‘yxat”ga kiritilgandi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)