Fransiyaning sobiq iqtisodiyot vaziri Emmanyuel Makron Fransua Fiyonni ortda qoldirib, prezidentlik poygasining yangi yetakchisiga aylandi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.
BVA-Salesforce xizmati tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, Makronda prezidentlik saylovining ikkinchi bosqichiga chiqish va unda “Milliy front” yetakchisi Marin Le Penni mag‘lub etish imkoniyati katta.
Shuningdek, so‘rov Sotsialistlar partiyasi nomzodi, sobiq ta’lim vaziri Benua Amonning ham mavqeyi mustahkamlanayotganini ko‘rsatmoqda.
Saylovoldi poygasi avvalgi yetakchisi, sobiq bosh vazir Fransua Fiyonning mashhurligi rafiqasi Penelopa bilan bog‘liq mojarodan so‘ng pasayib ketdi. Canard Enchaine nashriga ko‘ra, Penelopa Fiyon turmush o‘rtog‘i deputat bo‘lib turganda uning yordamchisi sifatida 8 yil ichida 800 ming yevrodan ortiq maosh olgan. Fransiya politsiyasi bu ish bo‘yicha surishtiruv doirasida Senat binosida tintuv o‘tkazdi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)