“Yandeks.Avtobuslar” yangi servisi foydalanuvchilarga shaharlararo va shahar atrofiga qatnovchi avtobuslarga chiptalar topish va band qilishga ko‘mak beradi, deb yozadi TJournal.
Servis 2016-yilning oxiridan boshlab sinov rejimida ishlamoqda, 31-yanvar kuni esa rasman ishga tushdi.
Loyihaning bosh sahifasi Rossiya bo‘yicha avtobuslarga chiptalar izlashni taklif qiladi, shuningdek, ro‘yxatda Minsk va Kiyev shaharlari ham bor.
Yandeks vakili servis yaratuvchilari ular bilan hamkorlik qilayotgan E-Traffic, “OdnaKassa” va “RU-Set” kompaniyalaridan tashqari tashish bozorining boshqa ishtirokchilarini ham jalb etishni rejalashtirayotganligini ma’lum qildi.
“Yandeks.Avtobuslar” ga ulanish orqali tashuvchilar chiptalar sotuvini oshirish va debitorlik qarzlarini qisqartirish imkoniga ega bo‘ladi. Chunki chiptalar sotuvidan tushgan daromad har kuni o‘tkazib beriladi.“Yandeks” hisob-kitoblariga ko‘ra, rossiyaliklar kompaniya qidiruv tizimi orqali har oyda chiptalar va avtobuslar harakatlanish jadvali, shuningdek, avtovokzallar ish rejimi haqida besh milliondan ortiq savol beradi.“Yandeks” kompaniyasi vakili
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)