Teriga sovuq va boshqa ta’sirlar zarar yetkazmasligi uchun uning faoliyatiga yordam berish zarur.
Buning uchun yuvingandan keyin muz bo‘lagi bilan artish, ko‘k choy bilan kompress qilish va o‘simlik yog‘i, achitilgan sut mahsulotlaridan niqob qilish kabi oddiy usullardan foydalanish mumkin.
Makiyaj qilishni ko‘chaga chiqishdan yarim soat oldin tamomlang. Aks holda, krem tarkibidagi suv bilan to‘lgan teri hujayralari sovuq havo ta’sirida buziladi va bu epidermis qavatining quruqshab qolishiga, dag‘allashishiga olib keladi.
Aktual bo‘lgan kosmetik vositalardan foydalaning. Agar teringiz yupqa va ta’sirchan bo‘lsa, sovuq havo uchun yog‘li va tarkibi quyuq bo‘lgan kremlarni tanlang. Yomg‘irli ob-havo uchun esa o‘simlik yog‘i asosida tayyorlangan himoyalovchi vositalarni qo‘llaganingiz ma’qul.
Izoh (0)