Yaxshisi, qimmatbaho taqinchoqlarni sotib olishda ekspertlarga ko‘rsatganingiz ma’qul.
Agar buning ilojini topa olmasangiz quyidagi qoidalarga amal qilishni tavsiya qilamiz:
- do‘kondagi iste’molchilar huquqlari va sotuvchilarning burchlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yaxshilab o‘rganib chiqing;- buyumning yorlig‘i va bahoko‘rsatkichiga diqqat bilan qarang;- sotuvchidan qimmatbaho ziynatning sifati va ishlanishi to‘g‘risidagi ikir-chikirlarigacha so‘rab oling;- eng asosiysi – qimmatbaho ziynatning muhim belgilari ko‘rsatilgan buyum pattasini talab qilib oling. Bu patta sizga taqinchoqning qalbakiligi aniqlangan hollarda kerak bo‘ladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda ko‘pincha qimmatbaho toshlar va tilla taqinchoqlar sotilishi to‘g‘risida e’lonlar uchraydi. Qalbaki taqinchoqlarga yo‘liqish xavfi katta bo‘lganligi uchun bunday tarzda xarid qilishni tavsiya etmaymiz.
Izoh (0)