Agar sochlaringiz bo‘yoqlar ta’sirida siyraklashib va xira tortib qolgan bo‘lsa oddiy xantal yordamida sog‘lom holatga keltirish mumkin.
- xantal kukuni tarkibida yog‘ kislota va A, E, B vitaminlar guruhiga kiruvchi foydali moddalar mavjud;- xantal kukuni bosh terisini quritadi va mustahkamlaydi. Shuning uchun bu davolash vositasi yog‘li sochlarga mos keladi;- bosh terisi ustki qavatidagi qon aylanishini kuchaytirishi natijasida sochlar o‘sishini tezlashtiradi;- bosh terisidagi yangi hujayralarni oziqlantiradi va eski hujayralarni ketkazishga yordam beradi.
Xantal kukunidan niqob tayyorlash juda oson.
Xantal kukuni iliq suvda eritiladi va bosh terisiga tekis qilib suriladi. Polietilen paket va uning ustidan sochiq bilan o‘rab qo‘yiladi.
10 daqiqadan so‘ng oqib turgan iliq suvda yuviladi.
Izoh (0)