Bayram kunlarining to‘kin-sochin, lazzatli taomlaridan keyin organizmda “katta tozalash” o‘tkazish zarur bo‘ladi.
Bunday tozalash yordamida ichaklarda hazm bo‘lmasdan yig‘ilib qolgan ovqat qoldiqlaridan, kasallik qo‘zg‘atuvchi bakteriya va zaharli moddalardan tezda qutulasiz.
Lavlagi yordamida tozalash
O‘rtacha kattalikdagi lavlagini mayda qirg‘ichdan o‘tkazing va suvini siqib oling. Siqilgan lavlagini mayda dumaloqchalarga ajrating va bularni har ovqatlanishdan 30 daqiqa oldin iste’mol qiling. Lavlagi sharbatini esa ovqatdan so‘ng yoki uxlashdan oldin ichish tavsiya qilinadi.
Suli yordamida tozalash
Yarim piyola suli va shu miqdorda guruchdan quyuqroq qilib bo‘tqa tayyorlang. Tayyor bo‘lgan bo‘tqadan 1 piyola oling va 2,5 piyola iliq suv bilan aralashtirib yeng. Unga yog‘ va shakar qo‘shish mumkin emas, biroz tuz solishingiz mumkin. Bo‘tqani 2—3 kun davomida nonushta va kechki ovqat o‘rnida yeyish tavsiya qilinadi.
Zig‘ir yordamida tozalash
100 gramm zig‘ir urug‘i va 250 gramm zaytun yog‘i oling. Zig‘ir urug‘ini qahvaezgich yordamida maydalang va yog‘ bilan aralashtiring. Aralashmani 7 kun davomida salqin, qorong‘u joyda saqlang va vaqti-vaqti bilan qo‘zg‘ab turing. Aytilgan muddatdan so‘ng bir kunda 3 mahal, ovqatlanishdan 1 soat oldin va 1 osh qoshiqdan 10 kun davomida iching.
Izoh (0)