Protsessor ishlab chiqaruvchi eng yirik kompaniyalardan biri Qualcomm Apple’ni kompaniyaga tegishli patentlar uchun litsenziya bo‘yicha ushlanmalarni kamaytirish evaziga o‘z mahsulotlarini sotib olishga majbur qilgan, deb yozadi “Vesti Hi-tech”.
Chipmeykerni nohalol raqobatchilikda ayblab, unga qarshi sudga da’vo bergan AQSh Federal savdo komissiyasi (FTC) shunday xulosaga keldi.
FTC’dagilar Qualcomm yarim o‘tkazgichlar bozoridagi monopol o‘rnini suiiste’mol qilib, Apple’ni o‘z chiplaridan foydalanishga majbur qilgan, deb hisoblaydi. Nazoratchilar aniqlashicha, Qualcomm modemlari iPhone’ga 2011—2016-yillarda eksklyuziv shartlar asosida o‘rnatilgan. Bundan tashqari, 2007-yilda kompaniya, go‘yoki, Apple iPhone’ni chiqarishdan bosh tortsa, u to‘lagan royalti (litsenziya to‘lovi)ning o‘rnini qisman to‘ldirishga rozi bo‘lgan.
4G-tarmoqlar uchun WiMax standarti o‘n yil avval juda istiqbolli hisoblangan. Uni Qualcomm’ning raqibi — Intel qo‘llab-quvvatlagan. Nazoratchi chipmeyker Apple’ni o‘z tomoniga og‘dirib olgan, u esa iPhone’ga LTE paydo bo‘lgunicha yanada tezkorroq tarmoqni qo‘llovchi standartni o‘rnatmaslikka qaror qilgan, degan xulosaga keldi.
Ammo Qualcomm huquqshunoslari FTC’ning ushbu ayblovlarini yolg‘on deb atadi, Apple vakili Josh Rozenstok esa izoh berishdan bosh tortdi.
Izoh (0)