YouTube Super Chat deb nomlangan yangi funksiya ishga tushirilishini e’lon qildi, deb yozadi 3DNews. U foydalanuvchilarga o‘zlarining bevosita translyatsiyalaridan pul ishlash imkonini beradi. Yangilik sharofati bilan, tomoshabinlar o‘z izohlari boshqa izohlar yuqorisiga joylashib, ajralib turishi uchun pul to‘lay oladi.
Tez orada YouTube’da translyatsiyalarni ko‘rish chog‘ida chat oynasida dollar belgichasini payqash mumkin bo‘ladi. Uni bosish orqali blogerga ma’lum summadagi mablag‘ni yuborish mumkin. Summa qanchalik katta bo‘lsa, izoh shunchalik uzoq vaqt davomida tepada turadi va u shunchalik ko‘p belgilardan iborat bo‘lishi mumkin.
Bunday izoh o‘zining alohida rangiga ega bo‘ladi, shunda translyatsiya muallifi u pastga tushib borayotgan vaqtda, uni osonlik bilan topib oladi. Super Chat tomoshabinlarga videoblogrlarga pul yuborish imkonini bergan boshqa bir funksiya — Fan Funding o‘rnini egallaydi.
Ishlab chiquvchilar so‘zlariga ko‘ra, yangi instrument 18 yoshdan katta, ya’ni o‘z to‘lov kartasiga ega tomoshabinlarga mo‘ljallangan.
Super Chat’ning beta-versiyasi butun dunyo bo‘ylab ba’zi foydalanuvchilar uchun ochiq, 31-yanvar kuni esa undan yanada ko‘proq odamlar foydalanishi mumkin bo‘ladi.
Izoh (0)