Facebook yaqin haftalar ichida ishga tushadigan maxsus filtr yordamida yangiliklarning ishonchliligini tekshirishni rejalashtirmoqda, deb yozadi TJournal.
The Financial Times xabariga ko‘ra, ijtimoiy tarmoq Germaniyada 2017-yilning avgust yoki sentabrida bo‘lib o‘tadigan Parlament saylovlari arafasida germaniyalik foydalanuvchilar uchun faktlarni tekshirishni boshlaydi.
Germaniya fuqarolari shubhali maqolalarni belgilashi mumkin bo‘ladi, shundan keyin ular Correctiv portali muharrirlariga tekshirish uchun yuboriladi. Agar yangilik soxta deb topilsa, u tasmada ko‘rinadi, ammo qisqacha izohga ega maxsus belgiga ega bo‘ladi. Foydalanuvchilar bunday maqolalar bilan bo‘lishmoqchi bo‘lsa, ular ogohlantiriladi.
Nashr Facebook’ning ismi oshkor etilmayotgan matbuot kotibiga tayanmoqda, uning ta’kidlashicha, kompaniya Germaniya OAVlari bilan muzokaralar olib bormoqda.
2016-yil dekabrida Germaniya adliya vaziri Xayko Maas Facebook’ni qalbaki yangiliklardan pul ishlashda ayblagan edi.
Izoh (0)