Sony kompaniyasi yonbosh romlari minimal bo‘lgan yangi smartfonni ishlab chiqmoqda, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”. U Xperia XA lineykasi davomchisi bo‘lishi taxmin etilmoqda.
Sony’ning yangi romsiz smartfoni haqida hech narsa ma’lum emas. Agar bu Xperia XA’ning davomchisi bo‘lsa, unda telefon o‘rtacha narx segmentiga tegishli bo‘ladi.
Ammo endi Sony’ning navbatdagi telefoni qanday ko‘rinishda bo‘lishi ma’lum. U Xperia XA va Xperia XZ’ning minimal yon romlar va “o‘tkir” qirralardan iborat dizaynerlik yechimlarini o‘zlashtiradi. Tasvirlarda USB Type-C hamda naushniklar uchun 3,5 mm razyomni ko‘rish mumkin.
Izoh (0)