Amerikalik geofiziklar, o‘zlarining fikricha, Oy paydo bo‘lgan aniq vaqtni belgiladi. Tegishli tadqiqot Science Advances jurnalida chop etildi.
Yer yo‘ldoshining qobig‘i, olimlar o‘tkazgan tahlilga ko‘ra, 4,51 milliard yil avval shakllanishni boshlagan, bu Oyning Quyosh tizimi tashkil topganidan keyingi birinchi 60 million yil ichida paydo bo‘lganidan darak beradi.
Bunday xulosaga olimlar yo‘ldoshdan Yerga keltirilgan sakkizta sirkon namunalarining qaysi vaqtga oidligini uran-qo‘rg‘oshinli usulda radioizotop yo‘l bilan aniqlash orqali keldi.
Oy paydo bo‘lgan aniq vaqt olimlarga uning qanday kelib chiqqanini aniqlashda yordam beradi.
Izoh (0)