Barak Obama Twitter’dagi AQSh prezidentining sahifasida qoldirgan so‘nggi tvit @POTUS akkaunti mavjud bo‘lgan davr ichidagi eng ommabopi bo‘ldi. Xayrlashuv tviti davlat rahbari tomonidan mikroblogda chop etilgan qaydlar orasida eng ko‘p layk va repost yig‘di.
“Hammasi uchun rahmat. Mening so‘nggi iltimosim xuddi birinchisi kabi. Men sizlardan mening o‘zgarishlarni yuzaga keltirish qobiliyatimga emas, o‘zingiznikiga ishonishingizni so‘rayman”, — deb yozdi Obama.
https://twitter.com/POTUS/status/819044196371800065
Ayni paytga qadar tvit 800 mingdan ortiq marta retvit qilindi va 1,6 milliondan ko‘proq layk to‘pladi.
Barak Obama Twitter’dagi shaxsiy akkauntini POTUS (President of the United States) niki ostida 2015-yil mayida ochdi. 2017-yil yanvar holatiga ko‘ra, davlat rahbarini 13,3 million kishi o‘qib boradi.
Izoh (0)