Afg‘onistondagi “Tolibon” harakati tomonidan garovda ushlab turilgan AQSh va Avstraliyaning ikki fuqarosi saylangan prezident Donald Trampga ularning ozod etilishida ko‘mak berishni so‘rab, murojaat qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Garovdagilarning murojaati aks etgan videoyozuv 1-yanvarda tasvirga tushirilgani bildirilmoqda. U 2016-yil avgustida o‘g‘irlab ketilgan Kobuldagi Amerika universiteti professorlari taqdiriga oid birinchi ma’lumot bo‘ldi. Kevin King va Timoti Viks Trampga asir olganlarni almashishni boshlashni, bu ularning ozod bo‘lishiga olib kelishi haqidagi iltimos bilan murojaat etdi.
Associated Press taxminiga ko‘ra, garovdagilar hibsda saqlanayotgan safdoshlarini chiqarib olishni ko‘zlayotgan jangarilar tomonidan tuzilgan matnni o‘qib bergan bo‘lishi mumkin.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)