Turk lirasi yangi yilning birinchi 10 kunida barcha dunyo valyutalari orasida eng yomon natijalarni namoyish etdi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.
Lira kursi dollarga nisbatan 8,6 foizga pasaydi, o‘tgan yil yakunlari bo‘yicha bu ko‘rsatkich 17 foizni tashkil etgandi. Shuningdek, oltita savdo sessiyasi davomida turk valyutasi aksilrekordlarni o‘rnatgandi.
Qisman bu holat mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Turkiya Markaziy bankidan iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rishni talab qilishi va bu liraning yanada zaiflashuviga olib kelishidan xavfsirash tufayli yuz berdi. Bunday choralar zarurati 7 yil mobaynida ilk bor Turkiya yalpi ichki mahsuloti pasayishi bilan bog‘liq.
Mamlakatda inflyatsiya jadallashib, dekabrda yil yakunlari bo‘yicha 8,53 foizdan iborat bo‘ldi. Markaziy bank rejasi esa 3,5 foizni tashkil etgandi. Qolaversa, Turkiya to‘lov balansi defitsitiga ega bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich yil yakuni bo‘yicha YaIMning 5 foizi atrofida bo‘lishi mumkin.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)