Rossiyaning Stavropol shahri Gracheskiy tumanida uchta yengil avtomobil to‘qnashishi natijasida bir kishi qurbon bo‘ldi, yana bir necha kishi jabrlandi, deya xabar bermoqda “Interfaks”.
“Moskva vaqti bilan 18:10 (Toshkent vaqti bilan 20:10)da Staromaryevka qishlog‘i yaqinida VAZ-2107 haydovchisi qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib, ‘Nissan’ bilan, so‘ng ‘Xenday’ avtomobili bilan to‘qnashdi”, — dedi o‘lka bo‘yicha Davlat avtomobil inspeksiyasi vakili.
Uning so‘zlariga ko‘ra, avtohalokat natijasida “Xenday”dagi bir oylik chaqaloq vafot etgan, shu mashinadagi ikkinchi bola — 5 yoshli bolakay og‘ir jarohatlar bilan kasalxonaga yetkazilgan.
Bundan tashqari, “Nissan” haydovchisi va ikki yo‘lovchisi, shuningdek, “Xenday” yo‘lovchisi ham kasalxonaga keltirilgan.
YTH yuz bergan vaziyat va sabablari o‘rganilmoqda.
Izoh (0)