Isroil politsiyasi mamlakat bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni bir necha soat davomida so‘roqqa tutdi. Bu haqda politsiya matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Isroil politsiyasining milliy bo‘linmasi 2-yanvar, dushanba kuni kechki payt imtiyozlar olishda gumon qilib, Isroil bosh vaziri bilan ogohlantiruvchi so‘roq o‘tkazdi. So‘roq bosh vazirning Quddusdagi qarorgohida bo‘lib o‘tdi”, — deyiladi matbuot xizmati bayonotida.
Haaretz nashriga ko‘ra, 3 soat davom etgan so‘roq “tadbirkorlardan olingani gumon qilingan sovg‘alar”ga oid bo‘lgan. Netanyaxuning o‘zi korrupsiyada ayblovlarni rad etdi va raqiblarini “bayram qilishga shoshilmaslik”ka chaqirdi.
Ma’lumot uchun, ogohlantiruvchi so‘roq Isroil politsiyasi tergovining eng jiddiy uslubi bo‘lib, noto‘g‘ri ma’lumotlar tergovga xalaqit berish va yolg‘on ko‘rsatmalar taqdim etish hisoblanadi hamda jinoiy javobgarlikkacha olib kelishi mumkin.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)