Fransiya prezidenti Fransua Olland Iroqqa tashrifi doirasida Mosulning janglar bo‘layotgan hududida bo‘ldi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net” Yelisey saroyining Twitter’dagi akkauntiga tayanib.
Ta’kidlanishicha, Olland va Iroq Kurdistoni rahbari Masud Barzoniyga front chiziqlari xaritasini ko‘rsatishgan.
Matbuot anjumani chog‘ida Fransiya prezidenti Iroq qo‘shinlari bir necha hafta mobaynida Mosulni IShID jangarilaridan ozod qilishini aytdi.
“IShID chekinmoqda, shu sababli xalqaro hamjamiyat Iroq armiyasini qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirishi kerak”, — dedi Olland.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)