Rossiyaning Udmurtiya respublikasi politsiyachilari vatanida o‘lgan deb hisoblangan mahalliy Malaya Purga qishlog‘i fuqarosiga pasport topshirdi. U xotirasini yo‘qotgan va salkam 25 yil davomida boshqa davlatda o‘zga nom bilan yashab kelgandi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Respublika ichki ishlar vaziriga ko‘ra, Vladimir Vaxrushev 1992-yili, Latviyadan armiya xizmatidan qaytayotganda yo‘qolib qolgan. 2006-yili sud uni o‘lgan deb topdi.
Ma’lum bo‘lishicha, erkakni xizmatdan qaytayotganda poyezdda noma’lum kimsalar kaltaklagan va buning oqibatida u xotirasini yo‘qotib, o‘tgan yillar mobaynida Abxaziyada Vitaliy ismi bilan yashab yurgan.
Bir yil avval u avtohalokatga uchragan, shundan so‘ng o‘zining haqiqiy ismi-sharifi va tug‘ilgan manzili yodiga tushgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)