Tayvanda mehmonxona biznesining mahalliy kompaniyalaridan birining direktorlar kengashini boshqaruvchi xitoylik biznesmen o‘z qiziga noodatiy to‘y sovg‘asi — uzunligi olti kilometrga yetadigan fatani hadya qildi, deb yozadi “TASS”. To‘y kuni kelinning bunday uzun fatasini ko‘tarib borish uchun naq 560 kishini jalb qilishga to‘g‘ri keldi.
Ayni paytda ushbu olti kilometrli fata Ginnesning Rekordlar kitobiga kiritilish-kiritilmasligi aniqlanmoqda. Fata uchun 1 million yuan (145 ming dollar)dan ortiq pul sarflagan kelinning otasi buning uchun imkoniyat borligini aytdi. “Axir uning ustida eng yaxshi dizaynerlar bekorga ter to‘kmadi, uni uch oy davomida sakkiz tikuvchi qo‘lda tikib chiqdi”, — dedi tadbirkor.
Uning so‘zlariga ko‘ra, u shu tariqa, tarixda “o‘z qizining sevgisi haqida iloji boricha kattaroq dalil qoldirmoqchi”, uning turmushi esa to‘y fatasi kabi uzoq davom etishi kerak.
Izoh (0)