Yaponiyaning Xirosima shahridagi Tinchlik muzeyi shu yil mazkur memorialga tashrif buyurgan AQSh prezidenti Barak Obamadan minnatdorlik maktubi oldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Amerika rahbari o‘z xatida, jumladan, Xirosimaga berilgan atom zarbasi oqibatlari yaqqol namoyish etilgan kitob taqdim etilgani uchun muzeyga tashakkur bildirdi.
“Insonlar o‘tmishni tushunishga harakat qilar va rahm-shafqat hislariga chulg‘anar ekan, bizni yorug‘ va tinch kelajak kutayotganiga ishonchim komil”, — deyiladi maktubda.
Obama Yaponiyadagi Nagasaki qatorida AQSh tomonidan 1945-yilda atom bombardimoniga duch kelgan ikki shahardan biri — Xirosimaga kelgan ilk Amerika prezidenti bo‘ldi. Biroq u atom zarbalari uchun uzr so‘ramadi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)