KXDRning Janubiy Koreya bilan chegarasida keng ko‘lamli artilleriya mashqlari boshlandi. Mashg‘ulotlarni mamlakat yetakchisi Kim Chen In kuzatib bormoqda. Bu haqda “Vedomosti” xabar berdi.
“Agar urush boshlangudek bo‘lsa, Janubiy Koreya kuchlariga ularni qarshi harakatlarga irodasini so‘ndiradigan va Yer yuzidan butkul supurib tashlaydigan zarba beriladi. Hech kim va hech narsa omon qolmaydi”, — deya va’da qildi Kim Chen In.
Mashqlarga Janubiy Koreyaning Sariq dengizdagi chegaradosh orollari va Seulga beriladigan artilleriya zarbalari asos qilib olingan. Mashg‘ulotlar BMT Xavfsizlik kengashi tomonidan ma’qullangan Pxenyanga qarshi sanksiyalarning yanada kuchaytirilishi asnosida bo‘lib o‘tmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)