AQShning Princess Cruises kruiz kompaniyasi mamlakat rasmiylariga okeanni ifloslantirgani va buni yashirishga harakat qilgani uchun 40 million dollar jarima to‘laydi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Kompaniya bosh muhandisi va uning yordamchisi hujjatlarni soxtalashtirib, tekshiruvchilarni aldab, qo‘l ostidagilarga rasmiylarga yolg‘on ko‘rsatma berishni buyurib, bu holatni yashirishga harakat qilgan.
Tergov materiallari 2005-yildan beri kema doimiy tarzda okeanga ifloslantiruvchi tashlanmalarni noqonuniy ravishda to‘kib kelganligini ko‘rsatdi. Princess Cruises’ning boshqa to‘rt kemasida ham ekologiya me’yorlarining buzilishi qayd etilgan, biroq ularning ko‘lami ancha kichik.
Kompaniya rahbariyati rasman kechirim so‘radi va jarima to‘lashga rozi bo‘ldi. Shuningdek, bunday holatlar takrorlanmasligi uchun yaqin 5 yil davomida Carnival’ga tegishli barcha kruiz kemalari muntazam ravishda tekshirib turiladi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)