Rossiyaning “Progress” kosmik yuk kemasi qulab tushgan dab taxmin qilinayotgan hududga (Tuva respublikasida) o‘t o‘chiruvchilar guruhi jo‘nab ketdi, deb yozadi “Vedomosti” favqulodda vaziyatlar vazirligiga tayanib.
“Vaziyatni aniqlashtirish uchun respublikaning barcha tumanlari bilan hamkorlik tashkil qilindi, o‘t o‘chirish garnizonlari tezkor guruhi yuborildi. Ayni paytda navbatchi smena vaziyatni monitoring qilishda davom etmoqda, guvohlardan ma’lumot to‘planmoqda. Jabrlanganlar haqida axborot kelib tushgani yo‘q”, — deyiladi vazirlik xabarida.
Xalqaro kosmik stansiyaga uchirilgan “Progress-MS-04” kemasi 1-dekabr kuni kechqurun Tuva osmonida halokatga uchradi. Bo‘laklarning ko‘p qismi atmosferada yonib ktdi. Qolgan qismi Qizil shahridan 60—70 km uzoqlikka tushgani taxmin qilinmoqda.
Izoh (0)