Chevrolet kompaniyasi har bitta Bolt ixcham elektromobili savdosidan 8—9 ming dollardan yo‘qotadi, deb yozadi Motor Bloomberg agentligiga tayanib.
Shunga qaramay, Chevrolet kompaniyasining bosh marketologi Tim Maxoni Bolt brend uchun kerakli deb hisoblaydi. Uning fikricha, elektromobil yosh, texnologiya sohasida pishiq bo‘lgan va bungacha Chevrolet kompaniyasi avtomobillarini xarid qilishni o‘ylab ko‘rmagan auditoriyani jalb qilishi ko‘zda tutilgan.
Hozirda Chevrolet Bolt narxlari AQShda 36 620 dollardan boshlanadi.
Bolt 200 ot kuchiga teng elektr dvigatel bilan jihozlangan, u 60 kilovatt/soat sig‘imiga ega litiy-ion batareyalari blokidan quvvat oladi. Bolt soatiga 96 km tezlikka yetti soniya ichida erishadi, maksimal tezligi esa soatiga 146 km.
Izoh (0)