Ford kompaniyasi o‘yinchoq ishlab chiqaurvchi Fisher-Price bilan hamkorlikda bolalar uchun “aqlli” elektr avtomobilni taqdim etdi, deb yozadi 3DNews.
Mustang sportkarining ixcham nusxasi Power Wheels brendi ostida chiqarildi. Smart Drive Mustang avtomobili maktab yoshicha bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, akkumulyatordan quvvat oladigan yuqori texnologiyali “transport vositasi”dir.
Qurilmaning eng qiziq funksiyasi “trekshn nazorat” tizimidir. Bort mikrokompyuteri harakat parametrlarini kuzatib, motor ishini optimallashtiradi, shu tariqa g‘ildiraklar, masalan, ho‘l o‘t ustida joyidan jilmay aylanib qolishi oldini olish imkonini beradi.
Bundan tashqari, sensorlar mashinaning holatini nazorat qiladi va ag‘darilib tushish xavfi yuzaga kelganida, quvvatni to‘liq o‘chirib qo‘yadi.
Sensorli displey orqali maksimal tezlikni belgilash, shuningdek, batareya quvvati darajasini ko‘rish mumkin.
Power Wheels Smart Drive Mustang ko‘k va pushti ranglarda 360 dollar atrofida sotuvga chiqariladi.
Izoh (0)