AQShning Autoblog nashri yangi Chevrolet Corvette ZR1 superkarining josuslar tomonidan olingan suratlarini e’lon qildi. Mazkur modelning omma oldidagi namoyishi kelgusi yil yanvarida Detroytdagi motorshouda bo‘lib o‘tadi, deya xabar beradi Motor.
Oodinroq ham Corvette’ning eng ekstremal modifikatsiyasi suratlari internetda paydo bo‘lgan, biroq bu gal superkar dizaynining elementlari, jumladan, ventilyatsiya teshiklari bo‘lgan antiqa kapot, katta oldingi splitter, havo so‘ruvchilar va zalvorli aksilqanot yaxshiroq ko‘ringan.
Kompaniya Corvette ZR1 o‘ta qudratli bo‘lishini bildirgandi. Hozirda ushbu modelning eng tezkor varianti — Z06 650 ot kuchiga ega va soatiga 100 kilometr tezlikka 2,95 soniyada chiqsa, ZR1 da bu ko‘rsatkich 700, hatto 800 ot kuchiga yetishi mumkin.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)