Amerikaning Texas shtatida chivin chaqishi natijasida Zika virusi yuqishi bilan bog‘liq birinchi holat qayd etildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Mahalliy hukumat ma’lumotlariga ko‘ra, virusni Meksika chegarasi yaqinidagi Kemeron okrugida yashovchi ayol yuqtirib olgan.
Nashr eslatishicha, avvalroq Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti fevral oyida Zika virusi avj olishi tufayli kiritilgan favqulodda holat rejimini bekor qilgan edi.
Zika bezgagi maymunlarda kuzatiladigan o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, ba’zan odamga chivinlar orqali yuqadi va bezarar kechadi. Virus homilador ayollar uchun eng xavfli hisoblanadi, chunki u homilada mikrotsefaliyani keltirib chiqarishi, natijada miyaga og‘ir shikast yetishi mumkin.
Izoh (0)