Checheniston rahbari Ramzan Qodirov KVN (“Quvnoqlar va zukkolar klubi”)ning yubiley o‘yinida aktyor Mixail Galustyan tomonidan ijro etilgan o‘zining parodiyasiga izoh berdi, deb yozadi TJournal. Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, nomerni tayyorlashda uning o‘zi shaxsan qatnashgan.
“Biz Mixail Galustyan bilan ikki marta repetitsiya o‘tkazdik, ust-bosh tanladik, ikki-uchta imo-ishorani o‘rgandik. Aksent zo‘r chiqdi! Bu borada u o‘z ishining ustasi! Zo‘r chiqdi! Bilmadim siz qanday qabul qildingiz, lekin men chin dildan kuldim”, — deb yozdi Qodirov “VKontakte”dagi sahifasida va Galustyanga mahorati uchun minnatdorlik bildirdi.
27-noyabr kuni KVNning yubiley soni bo‘lib o‘tdi, unda Galustyan Ramzan Qodirovga parodiya qilingan sketchini ko‘rsatdi.
Izoh (0)