Londonda qochoqlarni qo‘llab-quvvatlab tashkil qilingan marshda 20 mingga yaqin kishi qatnashdi, deb yozadi “TASS”.
Aksiya chog‘ida namoyishchilar Britaniya poytaxti markazidan yurib o‘tib, Parlament maydonida miting o‘tkazdi. U Solidarity with Refugees nohukumat tashkiloti tomonidan Amnesty International, Oxfam, “Chegara bilmas shifokorlar” kabi tashkilotlar hamda Qochoqlar ishi bo‘yicha kengash hamkorligidan tashkil etildi.
Siyosatchilar va bir nechta mashhur aktyorlarni ham o‘z ichiga olgan namoyishchilarning asosiy da’vati hukumatga qaratildi. Vazirlar mahkamasidan, xususan, urush va ichki nizolar tufayli o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lgan kishilar taqdirida faolroq ishtirok etishni talab qilishdi.
Izoh (0)