Sharqiy Xitoydagi “Meranti” to‘foni qurbonlari soni 28 kishiga yetdi, 15 kishi bedarak yo‘qolgan hisoblanmoqda. Futszyan provinsiyasida 18, Chjetszyanda esa 10 kishi tabiiy ofat qurboni bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Oldinroq to‘fon tufayli 7 kishi halok bo‘lgani bildirilgandi.
Futszyan provinsiyasi to‘fon tufayli ko‘rgan zarar 16,9 milliard yuan (2,6 milliard)ga baholanmoqda. Chjetszyan provinsiyasida to‘fon 900 dan ortiq uyni vayron qildi, 1,5 million aholi tabiiy ofat hududida qoldi.
Izoh (0)