Rossiya prezidenti Vladimir Putin Bishkekda 17-sentabr, shanba kuni bo‘lib o‘tgan ikki tomonlama uchrashuv davomida Qirg‘iziston rahbari Almazbek Atambayevni Aleksandr Nevskiy ordeni bilan taqdirladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Aleksandr Nevskiy Sharq va G‘arb bilan o‘ta oqilona, bizning manfaatlarimizga mos keladigan munosabatlarni yo‘lga qo‘ygan edi. Hamkorlikdagi tariximizning yorqin sahifalarini yuragida saqlaydigan siz kabi inson uchun bu eng munosib mukofot deb bilaman”, — deya ta’kidladi Putin.
“Ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro ishonch va strategik sheriklik ruhiga asoslangan keng ko‘lamli hamkorlikni mustahkamlashga qo‘shgan katta hissasi uchun” mazkur ordenning taqdim etilishi Almazbek Atambayevning 60 yoshga to‘lishiga atalgani bildirilmoqda.
Izoh (0)