AQShning Nyu-York shahridagi Manxetten tumani Chelsi dahasi yaqinida kuchli portlash sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti” BNO News axborot portaliga tayanib.
E’lon qilinayotgan ma’lumotlarga ko‘ra, yon-atrofdagi hududlarda evakuatsiya o‘tkazilmoqda.
“Dastlabki ma’lumotlarda bir necha kishi jabrlangani aytilgan edi, ammo bu rasman tasdiqlanganicha yo‘q”, — deyiladi xabarda.
Portlash ijtimoiy tarmoqlarda voqea guvohlari tomonidan faol tarzda muhokama qilinmoqda.
“Portlash Nyu-Yorkdagi 6-avenyu va 23-ko‘cha burchagidagi xonadonimiz tashqarisida sodir bo‘ldi. Qo‘rqib ketyapman. Hammasi joyida deb umid qilaman”, — deb yozdi Twitter foydalanuvchilaridan biri. U joylagan videoda ko‘chani to‘sib qo‘ygan o‘t o‘chirish mashinalarini ko‘rish, sirenalarni eshitish mumkin.
https://twitter.com/elisabetherapy/status/777314076397604864
Izoh (0)