Armanistonda yo‘l-transport hodisasi oqibatida mamlakat hududida joylashgan Rossiya bazasining ikki nafar harbiy xizmatchisi halok bo‘ldi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Janubiy harbiy okrug matbuot xizmatiga ko‘ra, hodisa Armaniston shimolidagi Vanadzor shahri hududida sodir bo‘ldi. Rossiyalik harbiy xizmatdan bo‘sh vaqtida shaxsiy avtomobilida ketayotganida boshqaruvni uddalay olmagan va mashina yo‘l chetiga ag‘darilgan. Avtomobil salonida yana uch nafar rossiyalik harbiy xizmatchi bo‘lgan.
Hodisa tufayli ikki kishi halok bo‘ldi va yana ikki kishi jarohat oldi. Ular Yerevandagi harbiy kasalxonaga yetkazilgani bildirilmoqda. Huquq-tartibot idoralari Rossiya harbiy bazasi bilan hamkorlikdagi voqea yuzasidan tekshiruvni boshladi.
Izoh (0)