AQSh prezidentligiga Demokratik partiyadan nomzod Hillari Klinton o‘zini yaxshi his qilayotgani va asta-sekin tuzalayotganini ma’lum qildi, deb yozadi “RBK” zotiljam (pnevmoniya) kasalligiga chalingan sobiq davlat kotibining Twitter’iga tayanib.
“Sog‘ayib ketishni tilaganlarning barchasiga rahmat! Men o‘zimni juda yaxshi his qilmoqdaman va tuzalmoqdaman”, — deb yozdi Klinton.
Siyosatchi ishga qaytib, saylovoldi tadbirlarda o‘z tarafdorlari bilan uchrashuvlarga kirisha olishi mumkin bo‘lgan fursatni poylayotganini qo‘shib qo‘ydi. “Xastalik tufayli ishdan qolib uyda o‘tirgan har qanday kishi kabi men ham ishga qaytishga oshiqmoqdaman”, — dedi u.
Eslatib o‘tamiz, Hillari Klinton 11-sentabr teraktlariga bag‘ishlangan motam marosimida o‘zini noxush his etdi va Kaliforniya hamda Nevadaga saylovoldi safarlarini bekor qildi.
Keyinroq Klintonning shtabi jamoatchilikka uning salomatligi haqida xabar bermaslik qarori noto‘g‘ri bo‘lganini tan oldi.
Izoh (0)