Yaponiyalik geofiziklar yirik zilzilalar ko‘pincha yangi oy chiqqan yoki oy to‘lgan vaqtda sodir bo‘ladi, degan xulosaga keldi. Taqiqot Nature Geoscience jurnaliuda chop etildi.
Olimlar so‘nggi yigirma yildagi 5,5 va undan kattaroq magnitudali zilzilalar yuz berishidan bir necha hafta oldin kuzatilgan kuchlanish amplitudasini qayta tikladi.
Mualliflar Oy fazalari va kichik yer silkinishlari o‘rtasida aniq bir bog‘liqlikni topmagan bo‘lsa-da, ular 2004-yilda Hind okeanida, 2010-yilda Chilida va 2011-yilda Yaponiyaning Xonsyu oroli sharqiy sohillarida qayd etilgan zilzilalar quyilishlar kuchlanishi amplitudasi maksimal darajada bo‘lgan vaqtga to‘g‘ri kelgan deb hisoblaydi.
Izoh (0)