Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin AQShni Tibet mustaqilligi uchun kurashayotgan kuchlarni qo‘llab-quvvatlamaslikka chaqirdi. Bu haqda u AQSh prezidenti Barak Obama bilan G20 sammiti arafasidagi uchrashuvi chog‘ida aytib o‘tdi, deb yozadi “TASS”.
“Xitoy Amerika tomoni Tibet bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha o‘z va’dalariga rioya qilishiga va uning ‘mustaqilligi’ uchun kurashayotgan kuchlarning ayirmachilik harakatlarini qo‘llab-quvvatlamasligiga umid qiladi”, — dedi u.
Shu yilning 15-iyunida Obama Tibet buddachilari diniy rahnamosi Dalay-lama XIV bilan uchrashgan, bunga esa Pekin salbiy munosabat bildirgan edi.
Izoh (0)