Turkiya qurolli kuchlari janubi-sharqdagi Hakkari viloyatining Chukurja tumani hududida Kurdiston ishchi partiyasining 100 dan ortiq a’zosini yo‘q qildi. Bu haqda 3-sentabr, shanba kuni mamlakat bosh shtabi ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
To‘qnashuvlar chog‘ida 7 nafar harbiy halok bo‘ldi, yana 21 nafari jarohat oldi. Mintaqada jangovar aviatsiya va artilleriyani qo‘llagan holda o‘tkazilayotgan keng ko‘lamli operatsiya davom etmoqda.
Izoh (0)