Singapurda Zika virusiga chalinish bilan bog‘liq yana 26 ta holat qayd etildi, deb yozadi “RIA Novosti” mahalliy OAVlarga tayanib. Mamlakat hududida virusni yuqtirganlarning umumiy soni 215 kishiga yetdi.
Singapur sog‘liqni saqlash vazirligi Zika virusi bilan mahalliy kasallanish bo‘yicha birinchi holat haqida 27-avgust kuni ma’lum qilgan edi.
Zika bezgagi — maymunlarga xos o‘tkir infeksiyali kasallik bo‘lib, ba’zan odamga chivinlar orqali yuqadi va bezarar kechadi. Virus homilador ayollar uchun eng xavfli hisoblanadi, chunki u homilada miyaga og‘ir shikastlanish yetkazishi mumkin bo‘lgan mikrotsefaliyani keltirib chiqaradi.
Izoh (0)